Odobli bo‘ling
O‘zingizdan kattalarga yo‘l bering. Ularga avtobus va boshqa joy-
larda o‘rin bering. Yoningizdagi kishining biror narsasi yerga tushib
ketsa, uni darhol olib bering.
Uyda odamlar oldida taltayib yotmang, stul, divanda yastanib
o‘tirmang, qo‘lni orqaga qilib yoki cho‘ntakka tiqib, kekkayib turmangXushmuomala bo‘ling. Baqirib, jerkib, qo‘lni paxsa qilib yoki
birovni qo‘l bilan ko‘rsatib so‘zlashmang, qo‘rslik qilmang. Har kuni
ertalab ota-onangizga, aka, opalaringizga salom bering. O‘zingizdan
kattalarni ko‘rganingizda, albatta, salom bering. Kattalarning gapiga
aralashmang, kattalar qo‘l uzatsalargina ular bilan qo‘l berib ko‘rishing.
„Marhamat“, „rahmat“, „ruxsat eting“, „iltimos qilaman“, „kechi-
rasiz“, „uzr“ kabi so‘zlarning qachon aytilishini bilib oling. Yomon,
uyat gaplarni aytmang. Oqsoq, g‘ilay, soqov va boshqa kamchiligi
bo‘lgan kishilarni masxara qilmang, boshqalarga laqab qo‘ymang.
(Donolar bisotidan)
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Odobli bo‘lmoq uchun yana nimalar qilish kerakligini so‘zlab
bering.
2. Jamoat joylarida yoshlarning o‘zlarini tutishlari haqida nima
deya olasiz?
3. Barkamol inson qanday bo‘lishi kerak?
4. Matn asosida o‘z fikringizni bildiring.
Ответы на вопрос
1. Odobli bo‘lish uchun odam boshqalarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi kerak. Kattalarga salom berish, yordam kerak bo‘lsa ko‘maklashish, qo‘pol gapirmaslik, va’dasida turish, ozoda yurish ham odob belgilaridir.
2. Jamoat joylarida yoshlar o‘zlarini tartibli tutishlari kerak. Avtobusda kattalarga, keksalarga, homilador ayollarga joy berish, baland ovozda gapirmaslik, atrofdagilarga xalaqit bermaslik lozim. Bu insonning tarbiyasini ko‘rsatadi.
3. Barkamol inson bilimli, odobli, mehnatsevar va mehribon bo‘ladi. U kattalarni hurmat qiladi, kichiklarga g‘amxo‘rlik qiladi, yomon so‘zlardan va yomon ishlardan uzoq yuradi.
4. Matnda odobli va xushmuomala bo‘lish haqida to‘g‘ri fikrlar berilgan. Menimcha, insonning chiroyli kiyimi yoki boyligi emas, avvalo uning odobi muhim. Odobli bola ham oilada, ham maktabda, ham jamoat joylarida hurmat qozonadi.
Похожие вопросы
Топ вопросов за вчера в категории Оʻzbek tili
Последние заданные вопросы в категории Оʻzbek tili
-
Математика
-
Литература
-
Алгебра
-
Русский язык
-
Геометрия
-
Английский язык
-
Химия
-
Физика
-
Биология
-
Другие предметы
-
История
-
Обществознание
-
Окружающий мир
-
География
-
Українська мова
-
Информатика
-
Українська література
-
Қазақ тiлi
-
Экономика
-
Музыка
-
Право
-
Беларуская мова
-
Французский язык
-
Немецкий язык
-
МХК
-
ОБЖ
-
Психология
-
Физкультура и спорт
-
Астрономия
-
Кыргыз тили
-
Оʻzbek tili

